{"id":1210,"date":"2023-05-30T04:20:41","date_gmt":"2023-05-29T23:20:41","guid":{"rendered":"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/?p=1210"},"modified":"2023-05-30T04:20:41","modified_gmt":"2023-05-29T23:20:41","slug":"samarqandni-birgalikda-saqlab-qolishga-umid-qilamiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/uz\/1210\/","title":{"rendered":"Samarqandni birgalikda saqlab qolishga umid qilamiz!"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><em>O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>O\u2018zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi San&#8217;at va madaniyatni rivojlantirish jamg&#8217;armasi <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>O\u2018zbekiston Respublikasi Tabiiy resurslar vazirligi <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta&#8217;lim, fan va madaniyat masalalari bo&#8217;yicha boshqarmasi (YuNESKO) <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Ipak yo&#8217;li ishchi guruhi <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Birlashgan Millatlar Tashkilotining O&#8217;zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Yevropa Ittifoqining O\u2018zbekistondagi delegatsiyasi <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Osiyo taraqqiyot banki (OTB) <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Frantsiya taraqqiyot agentligi (AFD) <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Markaziy va Sharqiy Evropadagi xalqaro banklar faoliyatini monitoring qilish tarmog&#8217;i <\/em><\/p>\n<p><strong>SHOSHILINCH! MUHIM! <\/strong><\/p>\n<p>2023 yil 10 aprel<\/p>\n<p>Ingliz tilidan tarjima qilingan<\/p>\n<p>Xonimlar va janoblar!<\/p>\n<p>Men chuqur tashvish bilan O\u2018zbekiston hukumati va xalqaro hamjamiyatga murojaat etib, tarixiy Samarqandimizni ozgina qolgan qismini saqlab qolish bo\u2018yicha zudlik bilan birgalikda harakat qilishni so\u2018rayman.<\/p>\n<p>Samarqandning eski qismi milliy va xalqaro muhofazaga olingan. Bu yerda siz qadimiy Afrasiyob xarobalaridan boshlab Temuriylar qismiga o&#8217;tishingiz va undan keyin ikki turdagi me&#8217;morchilik \u2013 XIX-asr va sovet davridagi mintaqaviy tarixning har bir davrini kezishingiz mumkin. Ana shunday \u201cbuyuk umuminsoniy qadriyati\u201d uchun YuNESKO \u201cSamarqand \u2013 madaniyatlar chorrahasi\u201dni Jahon merosi ro\u2018yxatiga kiritdi. Milliy qonunchilik eski shaharni qo&#8217;riqlanadigan muzey-qo&#8217;riqxona sifatida ham tan oladi. Davlatning merosni himoya qilish bo&#8217;yicha siyosiy irodasi haqida aniq dalillar mavjud: yangi qonunlar, rasmiy bayonotlar va lavozimga tayinlashlar.<\/p>\n<p>Biroq, shahar aholisi va mehmonlari yuqorida aytilganlarning o&#8217;rniga tartibsiz (faqat rasman tartibga solinadigan) qurilishlarni, milliy merosni yo&#8217;q qilish, yerlarni (noqonuniy) taqsimlash, harakatsizlik, ko\u2018zbo\u2018yamachilik va laissez-faire qurilish ishlari. Qonunlarning (haqiqiy) ijro etilmasligi, texnik ma\u2019muriy kamchiliklar, da\u2019vo qilingan jinoyatlarni, jumladan, ehtimoliy korrupsiya holatlarini tergov qilib jinoiy javobgarlikka tortmaslik muzey-shaharni tez yeb bitirayotgan \u201cqurtlardir\u201d. Misol uchun, shunday paytlar bo&#8217;lar ediki, milliy boylik &#171;to&#8217;satdan&#187; qulab tushadi va tez orada uning o&#8217;rnida yuqori darajadagi elita do&#8217;konlar paydo bo&#8217;lgan; yoki meros tomi echib olinadi va tabiiy yog&#8217;ingarchilik uning &#171;tarixiy qiymatini&#187; yo&#8217;qolishiga olib keladi.<\/p>\n<p>Jahon madaniy merosini muhofaza qilish to&#8217;g&#8217;risidagi konventsiyaning 4-moddasi hukumatlarni uning ro&#8217;yxatiga kiritilgan ob&#8217;ektlarning saqlanishi va kelajak avlodlarga etkazilishini kafolatlash majburiyatini yuklaydi. Afsuski, O\u2018zbekiston hukumati o\u2018z majburiyatlarini bajara olmayapti. Umuman olganda, tarixiy shahar uchun halokatli bo&#8217;lgan o&#8217;nlab, balki yuzlab, katta va kichik holatlar mavjud.<\/p>\n<p>Ilovada muzey-qo\u2018riqxona uchun muhim bo\u2018lgan ayrim holatlar: Universitet xiyoboni va uning atrofi, Samarkand-City (\u201cQizil dvigatel\u201d), uning atrofidagi binolar va markaziy ko\u2018chalardagi boshqa qurilishlar, shuningdek, an\u2019anaviy mahallalar \u2013 guzarlardagi yangi qurilishlar tasvirlangan [1]. Ular YuNESKO tomonidan muhofaza qilinadigan hududdagi Milliy meros ro&#8217;yxatidagi ob&#8217;ektlarning qo&#8217;pol rivishda buzilishi\/shikastlanishi bilan bog&#8217;liq.<\/p>\n<p>Milliy tarixiy-madaniy merosga zarar yetkazish. Shubhasiz, &#171;turizm&#187; yoki &#171;ta&#8217;limni&#187; rivojlantirish ritorikasi o\u2019ziga xos tarixiy joylar o&#8217;rniga mehmonxonalar, soxta shaharlar, katta va baland universitet binolari va boshqa infratuzilmalarga investitsiyalarni jalb qiladi. Ayni paytda Registonda joylashgan Tilla Qori madrasasi (XVII asr) yer osti suvlari natijasida zarar ko&#8217;ryapti. Ishratxona maqbarasidagi (XV asr) restavratsiya ishlari tufayli uning o\u2019ziga xos atmosferasi yo\u2018qolmoqda. Abdi-darun maqbarasidagi (XII asr) yangi ulkan masjid qadimiy masjid, shuningdek, uning atrofidagi qabrlar maydoniga suqilib kirib bormoqda. Bibixonim masjidi devorlarida qolgan so\u2018nggi qadimiy yozuvlar (XV asr) oq bo\u2018yoq bilan bo\u2018yalmoqda. XIX asr fuqarolik arxitekturasining ko&#8217;plab ob&#8217;ektlari zudlik bilan ilmiy va professional yordamga muhtoj.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-1192 size-large\" src=\"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/IMG_20230429_073726_296-1024x768.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"768\" srcset=\"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/IMG_20230429_073726_296-1024x768.jpg 1024w, https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/IMG_20230429_073726_296-300x225.jpg 300w, https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/IMG_20230429_073726_296-768x576.jpg 768w, https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/IMG_20230429_073726_296-160x120.jpg 160w, https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/IMG_20230429_073726_296.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/p>\n<p><strong>Arxeologik muammolar.<\/strong> Ko&#8217;rinib turibdiki, ulkan binolar qurilishi arxeologik tekshiruvlarsiz amalga oshirilmoqda. Masalan, ko&#8217;p qavatli binolarni qurish uchun ularning poydevori madaniy qatlamlarda chuqur qazilgan. Arxeologik obidalarning bir qismi to\u2019yxona va restoranlarga berilmoqda.<\/p>\n<p><strong>Barqaror rivojlanish va ekologiya.<\/strong> Mahalliy kichik ijtimoiy infratuzilmani shaharning chekka hududlariga ko\u2018chirish, eski shaharda universitet binolari va yirik ko\u2018p qavatli binolar qurilishi barqaror rivojlanish maqsadlariga ziddir. Boshqa masalalar qatorida, bunday qarorlar transport va chiqindilar hajmini oshiradi. 2009-yilda Markaziy bog\u2018da soyali chinorlar kesilib, mahalliy iqlimga yot archalar o\u2018tqazilgan edi. Bir necha yil oldin yo&#8217;llarni (arzimas darajada) kengaytirish maqsadida sog&#8217;lom daraxtlar ommaviy ravishda kesilgan. Shubhasiz, bunday qarorlar YTTBning \u201cYashil shahar\u201d loyihasi va milliy yashil tashabbuslariga zid keladi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-1169 size-large\" src=\"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/received_1392554498254897-936x1024.jpeg\" alt=\"\" width=\"936\" height=\"1024\" srcset=\"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/received_1392554498254897-936x1024.jpeg 936w, https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/received_1392554498254897-274x300.jpeg 274w, https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/received_1392554498254897-768x840.jpeg 768w, https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/received_1392554498254897.jpeg 1170w\" sizes=\"auto, (max-width: 936px) 100vw, 936px\" \/><\/p>\n<p>2019-yilda jamoatchilikning noroziligi va YuNESKOning murojaatidan so\u2018ng Prezident devoni asosiy ko\u2018chalardagi barcha qurilish ishlarini tekshirish va tegishli qonuniy choralar ko\u2018rishni buyurdi. 2020-yil yanvar oyida ICOMOS\/WHC Monitoring Missiyasi Samarqandga tashrif buyurdi. Shunga qaramay, ushbu ko&#8217;chalarda ulkan inshootlar, shu jumladan, madaniy meros ob\u2019yektlari maydonida misli ko\u2018rilmagan g\u2018ayrat bilan yanada yuksaklarga ko\u2018tarilmoqda.<\/p>\n<p>Ob\u2019ektiv ravishda, \u201cSamarqand \u2013 madaniyatlar chorrahasi\u201d tushunchasidan oz narsa qoldi. Muzey-qo\u2018riqxonadagi buldozer chelagi va avtokranning tezligi kishini dahshatga soladi. Shu bois, 2023-yil oktabr oyida Samarqandda bo\u2018lib o\u2018tadigan BMT Butunjahon turizm kongressining 25-sessiyasi arafasida YuNESKO Konvensiyaning 11-moddasi 4-bandiga muvofiq Samarqandni Xavf ostidagi Jahon merosi ro\u2018yxatiga kiritishi zarur. O\u2018zbekiston va xalqaro hamjamiyat \u201cBuyuk umuminsoniy qadriyat\u201dni himoya qilishga qodirligini isbotlashi, Samarqand brendi va u bilan bog\u2018liq bo\u2018lgan barcha narsalarni o\u2019ta ikkiyuzlamachilik bilan suiste\u2019mol qilmasligi kerak.<\/p>\n<p>Hukumat o&#8217;zining samimiy manfaatdorligini o&#8217;zining qat&#8217;iy aralashuvi va davomiy harakatlari bilan ko&#8217;rsatishi kerak. Biz o\u2019zimning ba&#8217;zi takliflarimni ilova qilamiz. Moliyaviy institutlar YuNESKO hududidagi qurilish loyihalarini moliyalashtiruvchi tashkilotlar va mahalliy banklar bilan hamkorlikni qayta ko\u2018rib chiqishlari\/qayta tekshirishlari kerak. Biz bu boradagi faol yordam va idoralararo hamkorlik uchun minnatdor bo\u2019lar edik.<\/p>\n<p>Samarqandni birgalikda saqlab qolishga umid qilamiz!<\/p>\n<p>Hurmat bilan,<\/p>\n<p><em><strong>Diyora Rafieva<\/strong><\/em>, jamoat huquqi va xavfsizlik bo&#8217;yicha huquqshunos (diyora@ymail.com)<\/p>\n<p><em><strong>Dmitriy Kostyushkin<\/strong><\/em>, mintaqaviy ekspert<\/p>\n<p>@samarkandcrossroadsofcultures<\/p>\n<p><span style=\"color: #000080;\">Ilova 1 <\/span><\/p>\n<h4>\u201c<span style=\"color: #0000ff;\">SAMARQAND \u2013 MADANIYATLAR CHORRAHASI\u201d DOYRASIDA YIRIK LOYIHALAR <\/span><\/h4>\n<p>I. <strong>Universitet xiyoboni atrofi <\/strong><\/p>\n<p>Ayni paytda shaharda qolgan yagona katta yashil hududning fasadlari ortida qurilish ishlari olib borilmoqda. Samarqand davlat universitetining autentik kampuslariga qo\u2018shimcha yangi binolar qurilmoqda. Haqiqiy, sokin va shinam hovlilar, shuningdek, daraxtlar yo&#8217;q qilindi. Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan 1000-1500 kishiga mo\u02bbljallangan binolar qurish uchun 33 ta uy-joy qurilishini buzib, aholini ko\u02bbchirish bo\u02bbyicha muhokama o\u02bbtkazish to\u02bbg\u02bbrisida qaror qabul qilindi. Eski universitet kampusining ruhi deyarli yo&#8217;qolgan.<\/p>\n<div id=\"attachment_1173\" style=\"width: 956px\" class=\"wp-caption alignnone\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" aria-describedby=\"caption-attachment-1173\" class=\"wp-image-1173 size-full\" src=\"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/received_3481888872089288.jpeg\" alt=\"\" width=\"946\" height=\"662\" srcset=\"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/received_3481888872089288.jpeg 946w, https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/received_3481888872089288-300x210.jpeg 300w, https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/received_3481888872089288-768x537.jpeg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 946px) 100vw, 946px\" \/><p id=\"caption-attachment-1173\" class=\"wp-caption-text\">\u0424\u0430\u043a\u0443\u043b\u044c\u0442\u0435\u0442 \u0431\u0438\u043e\u043b\u043e\u0433\u0438\u0438 \u0421\u0430\u043c\u0413\u0423, \u0430\u0440\u0445. \u0421\u0432\u0430\u0440\u0438\u0447\u0435\u0432\u0441\u043a\u0438\u0439, 1904 \u0433<\/p><\/div>\n<p>Ta\u2019kidlanishicha, shahardagi eng yirik universitetini kengaytirish uchun \u201cjamoat ehtiyoji\u201d bor ekan. Shu bilan birga, universitet ombori o\u2018rnida ko\u2018p qavatli tijorat turar-joy binosi qurildi. Bundan tashqari, yaqin atrofdagi sobiq zavodning hududi (universitet binolari qurilishi mumkin bo\u2019lgan) elita xususiy mehmonxonalar uchun ajratildi. Boshqa huquqiy kontekstlarda yerning bunday manipulyatsiyasi tegishli organlarning e&#8217;tiboriga tushushi mimkin edi.<\/p>\n<div id=\"attachment_1174\" style=\"width: 1034px\" class=\"wp-caption alignnone\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" aria-describedby=\"caption-attachment-1174\" class=\"wp-image-1174 size-large\" src=\"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/received_3349813268613368-1024x683.jpeg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"683\" srcset=\"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/received_3349813268613368-1024x683.jpeg 1024w, https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/received_3349813268613368-300x200.jpeg 300w, https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/received_3349813268613368-768x512.jpeg 768w, https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/received_3349813268613368.jpeg 1200w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><p id=\"caption-attachment-1174\" class=\"wp-caption-text\">\u0414\u0432\u043e\u0440 \u0411\u0438\u043e\u0444\u0430\u043a\u0430 \u0434\u043e \u0437\u0430\u0441\u0442\u0440\u043e\u0439\u043a\u0438<\/p><\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hech bo&#8217;lmaganda gigant universitetga shahar teri va venerologiya dispanserining hududi ham berilishi haqidagi mish-mishlar amalga oshmaydi, deb umid qilib qolamiz. Bunday qarorlar odamlarning o&#8217;nlab yillar davomida o&#8217;rnatilgan turmush tarzini buzadi. Yaqinda eski shaharning ma\u2019lum bir hududga qarashli tug\u2018ruqxonalaridan biri shahar chekkasiga ko\u2018chirildi.<\/p>\n<p>&#171;Ta&#8217;limni rivojlantirish&#187; SamGu universitetining biologiya fakultetini (XIX asr) chetlab o&#8217;tmadi \u2013 bu mahalliy durdona va birinchi ayollar gimnaziyasi bo\u2019lgan. Bu erdagi bir qavatli o\u2019ziga xos binolarni buzib tashlab, o\u2019rniga ikki yoki uch qavatli yangi binolarni qurishga qaror qilindi. Muassasadagi qurilish ishlarini xitoylik usta boshqaradi, u faqat o\u2019z ona tilida gapiradi va ishchilar bilan Google tarjimoni orqali muloqot qiladi.<\/p>\n<p>1969 yilda ushbu fakultetda issiqxona tashkil etilib, unda 250 noyob o&#8217;simlik turlarining 1000 dan ortiq namunalari to&#8217;plangan. 2011-2013 yillarda sovuq qishdan so\u2018ng BMTTD Kichik grantlar dasturi, Germaniya, Shveytsariya va AQSh elchixonalari ko\u2018magida issiqxona to\u2018liq ta\u2019mirlanib, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Ayni paytda issiqxonada yana e\u2019tiborsiz ta\u2019mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu &#171;yashil maskandagi&#187; o\u2019simliklar holatini ko\u2019rib yurak eziladi. Alohida ta&#8217;kidlab o&#8217;tish joizki, xorijiy donorlar ham manfaatdor tomonlar va soliq to&#8217;lovchilar oldida moliyalashtirilayotgan loyihalarning barqarorligi uchun, ayniqsa, ayrim mamlakatlar kontekstida mas&#8217;uldirlar.<\/p>\n<p>II. Asosiy tarixiy ko&#8217;chalardagi yirik turar-joy loyihalari<\/p>\n<p>a) <strong>Samarand City.<\/strong> Buzilgan \u201cAlpomish\/Qizil dvigatel\u201d zavodi (Madaniy meros milliy ro\u2018yxati) va bir qator xususiy uylar o\u2018rnida xususiy turar-joy va ishbilarmonlik massivlari uchun keng ko\u2018lamli qurilish ishlari olib borilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Milliy banki Vazirlar Mahkamasining 30.06.2017 yildagi 450-son qarorining 6-bandiga asosan loyihaning \u201cmoliyalashtiruvchi bosh tashkiloti\u201d etib belgilangan. Normativ hujjatda istisno imtiyozlar ham qonuniylashtiriladi: investor deb ataladigan shaxsga soliq imtiyozlari, tenderlarsiz ishlash va loyihani mahalliy byudjet hisobidan shaharning kommunal infratuzilmasiga ulash imkoniyati.<\/p>\n<p>\u0431) <strong>Otaturk &#8212; Shohruh Mirzo chorrahasidagi<\/strong> XIX asrga tegishli kompleksning buzilishi. Buzilishidan oldin tarixiy obida ijtimoiy maqsadlarda foydalanilgan: militsiya bo\u2018limi, shahar idorasi, musiqa maktabi va bolalar bog\u2018chasi. Bugungi kunga kelib, ushbu jouyda to&#8217;qqiz qavatli ko&#8217;p qavatli uylar va mehmonxona karkasi mavjud.<\/p>\n<p>Ko\u2019rinib turganidek, ommaviy qurilishdan oldin hech qanday arxeologik tekshiruv o&#8217;tkazilmagan. Dastlabki ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, bu hududda madaniy qatlamlar orqali Amir Temur qal\u02bcasigacha chuqur qazilgan.<\/p>\n<p>Milliy merosga vahshiyona munosabatda bo&#8217;lishdan tashqari, 45-sonli maktabning kam qavatli binolari yaqinida ulkan binolar qurilgan bo\u2019lib, ular potentsial xavf tug&#8217;dirishi mumkin.<\/p>\n<p>Shunday qilib, yuqoridagi loyihalar (ikkalasi yoki alohida) quyidagi holatlarga olib keldi:<\/p>\n<p>1) milliy meros ob&#8217;ektlarini yo&#8217;qotish. Sayyohlar uchun qulayliklar yaratish nomi bilan tarixiy ahamiyatga ega ob\u2019yektlarning yo\u2018q qilinishi paradoksal holatdir;<\/p>\n<p>2) ularning o&#8217;rnida YuNESKOning qo&#8217;riqlanadigan hududi doyrasida keng ko&#8217;lamli ishlar amalga oshirilmoqda;<\/p>\n<p>3) jamoat joylar maydoni qisqartirilib, xususiy tijorat manfaatlariga berilyapti;<\/p>\n<p>4) byudjetga tegishli investitsiyalar tushumi etib bormayapti;<\/p>\n<p>5) davlat byudjeti mablag&#8217;lari tadbirkorlik faoliyati uchun infratuzilmani yaratishga yo&#8217;naltirilmoqda<\/p>\n<p>6) hududning muhim ijtimoiy infratuzilmasi, uning o\u2019rniga yangisi yaratmasdan, buzib tashlangan.<\/p>\n<p>III<strong>. Eski shaharning guzarlari (mahallalari<\/strong>)<\/p>\n<p>Bular o\u02bbrta asr sharqiy yodgorliklari atrofidagi ko\u02bbp asrlik mahallalar; uylar ko&#8217;pincha avloddan-avlodga o&#8217;tadi. Har bir uyda o\u2019ziga xos iqlim va tariximizga mos keladigan individual an&#8217;anaviy tartib mavjud. Biroq, bugungi kunda odamlar va rejalashtiruvchilar daromadni maksimal darajada oshirish uchun baland qutilar qurish orqali hudud, tarix va madaniyat me&#8217;yorlarini e&#8217;tiborsiz qoldirmoqdalar. Iloji boricha ko&#8217;proq xonalari bor mehmonxonalar uch va hatto to&#8217;rt qavatli qilib qurilmoqda. O&#8217;rta asrlardagi Evropa balkon va derazalari bir-biriga va\/yoki qo&#8217;shnilarga qaragan holda qurilmoqda; o&#8217;simliklarga burkangan an&#8217;anaviy hovlilar, tomida noo\u2019rin terassalari bor konditsionerlar yopishtirilgan qutilarga almashtirilmoqda. Qadimiy shaharning silueti vayron qilinmoqda.<\/p>\n<p>Oldingi hukumat tomonidan yodgorliklar va turar-joylar o&#8217;rtasida &#171;xavfsizlik maqsadida&#187; qurilgan ajratuvchi &#171;Berlin&#187; devorlari tarixiy shaharning o\u2019ziga xosligini yanada buzmoqda va keyingi huquqbuzarliklarni rag&#8217;batlantirmoqda. Bundan tashqari, shahardagi qadimiy ochiq kanallarning bir qismi (Madaniy meros milliy ro\u2019yxati), mutaxassislar va jamoatchilikning noroziligiga qaramay, quvur bilan yopilib, betonlashtirildi; qirg&#8217;oqlaridagi daraxtlar yo\u2019q qilindi.<\/p>\n<div id=\"attachment_1194\" style=\"width: 1034px\" class=\"wp-caption alignnone\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" aria-describedby=\"caption-attachment-1194\" class=\"wp-image-1194 size-large\" src=\"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/IMG_20230429_073742_426-1024x768.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"768\" srcset=\"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/IMG_20230429_073742_426-1024x768.jpg 1024w, https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/IMG_20230429_073742_426-300x225.jpg 300w, https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/IMG_20230429_073742_426-768x576.jpg 768w, https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/IMG_20230429_073742_426-160x120.jpg 160w, https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-content\/uploads\/2023\/04\/IMG_20230429_073742_426.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><p id=\"caption-attachment-1194\" class=\"wp-caption-text\">Touristes in Samarcand<\/p><\/div>\n<p>Ilova 2<\/p>\n<h4><span style=\"color: #000080;\">SAMARQANDNI QUTQARISH BO\u2019YICHA SHOSHILINCH TADBIRLAR<\/span><\/h4>\n<p>1. Konventsiyaning 11-moddasi 4-qismiga muvofiq Samarqandni Xavf ostidagi Jahon merosi ro\u2018yxatiga kiritish.<\/p>\n<p>2. ICOMOS\/WHC Monitoring Missiyasining 2020-yil 12-16-yanvardagi Tavsiyalariga (603 rev., O\u2018zbekiston, 44 COM) qat\u2019iy rioya qilish.<\/p>\n<p>3. Muzey-qo\u2018riqxona hududidagi yer va mavjud noyob ko\u2018chmas mulk bilan bog\u2019liq qurilish, qazish va boshqa manipulyatsiyalar zudlik bilan to\u2018xtatilishi shart.<\/p>\n<p>4. Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy kengash zudlik bilan qutisimon binolar, terrassalar, balkonlar, balandligi nomutanosib bo\u2018lgan binolar qurish, an\u2019anaviy hovlilarni buzish va hokazolarga \u201ctasdiqlovchi\u201d qarorlar chiqarishni to\u2018xtatsishi zarur. Allaqachon chiqarilgan qarorlarning aksariyatini qayta ko\u2018rib chiqish va bekor qilish. Bu, ayniqsa, guzarlar uchun juda muhim. Shuningdek, loyihalar bo\u2019yicha ular chiqargan qarorlar xususiyatini inobatga olgan holda, Ilmiy kengashning malakasi va tarkibini qayta ko\u2018rib chiqish zarur.<\/p>\n<p>5. Muzey-qo\u02bbriqxonani saqlab qolish bo\u02bbyicha Maxsus qo&#8217;mita\/Ishchi guruhini bevosita Samarqand shahrining o\u2019zida zudlik bilan tuzish zarur. Qo&#8217;mita qonunlarning qo&#8217;llanilishini aniqlash, nazorat qilish, tekshirish, tezkor choralar ko&#8217;rish va hokazo vakolatlarga ega bo&#8217;lishi hamda u jamoatchilik va davlat oldida javobgar bo\u2019lishi kerak. Ushbu qo\u2019mita quyidagilarni o&#8217;z ichiga olishi kerak:<\/p>\n<p>\uf0fc davlat vakillari (huquqni muhofaza qilish organlari, parlament, Prezident apparati, Milliy meros agentligi va boshqalar);<\/p>\n<p>\uf0fc Samarqand va xorijiy mamlakatlardan tanlangan mutaxassislar (arxitektorlar, shaharsozlik bo\u2019yicha mutaxassislar, huquqshunoslar, tarixchilar, arxeologlar va boshqalar);<\/p>\n<p>\uf0fc xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar (YuNESKO, BMTTD, YTTB va boshqalar).<\/p>\n<p>6. Muzey-qo\u2018riqxona ko\u2018rinishiga va madaniy merosni muhofaza qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunlarga zid bo\u2018lgan yangi qurilgan noqonuniy binolarni (ularning qismlarini) buzish\/qayta rejalashtirishni ta\u2019minlash.<\/p>\n<p>7. Bosh reja mavjud bo\u2018lmagan taqdirda, hech bo\u2018lmaganda YuNESKO hududi bo\u2018yicha aniq reja va strategiya ishlab chiqish. Barqaror va ekologik rejalashtirish zarur.<\/p>\n<p>8. Mahalliy me&#8217;morlar uchun aniqroq ko&#8217;rsatmalar tayyorlash. Loyihalashtiruvchi tashkilotlar uchun treninglar o&#8217;tkazish va aholini barqaror rejalashtirish va milliy merosni saqlash bo&#8217;yicha ma&#8217;lumotini ochirish.<\/p>\n<p>9. Moliyaviy institutlar uchun:<\/p>\n<p>\uf0fc Samarqand shahrining tarixiy qismidagi loyihalarni moliyalashtirishni diqqat bilan kuzatib borish;<\/p>\n<p>\uf0fc Samarqand shahridagi shubhali loyihalarni moliyalashtiruvchi O\u2018zbekiston Respublikasi banklari bilan hamkorlikni qayta ko\u2018rib chiqish;<\/p>\n<p>\uf0fc muzey-qo\u2018riqxona obyektlarini ekspert restavratsiyasi va konservatsiyasini qo\u2018llab-quvvatlash imkoniyatlarini ko\u2018rib chiqish.<\/p>\n<p>NB!!! Yuqoridagi faoliyat ongli, chinakam mazmunli va to\u2019laqonli ravishda, korrupsiya, qarindosh-urug\u02bbchilik, \u201ctepa\u201ddan bo\u2019ladigan noo\u2019rin qo\u2019ngi\u2019roqlar va h.k.larga toqatsiz hamda qonun ustuvorligini ta\u2019minlagan holda amalga oshirilishi zarur.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O\u2018zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi San&#8217;at va madaniyatni&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1176,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[59],"tags":[],"class_list":["post-1210","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-his_uz"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1210","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1210"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1210\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1211,"href":"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1210\/revisions\/1211"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1176"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1210"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1210"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/housing-uz.info\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1210"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}