Bog‘larni shahar aholisiga qaytaring

Bog‘larni shahar aholisiga qaytaring

06.07.2021 Off

To‘g‘ri rejalashtirilgan va amalga oshirilgan urbanizatsiya bandlikni ta’minlashning eng yaxshi imkoniyatlari hamda hayot, ta’lim va sog‘liqni saqlash sifatini oshirish hisobiga kambag‘allik va tengsizlikni qisqartirishi mumkin. Ammo, kuzatayotganimiz — ilg‘or tajribalarni e’tiborsiz qoldirish havo sifatining yomonlashishi va umuman atrof-muhitning ifloslanishi, aholi sog‘lig‘ining yomonlashishi, ko‘chalardagi muqarrar tirbandlik, ishchi kuchi mobilligining pastligi, tengsizlik, ijtimoiy izolyatsiya va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pastligi kabi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shaharlarga munosabat va ularni boshqarishimizdagi yondashuvlarimizni tubdan o‘zgartirish vaqti keldi.

  • Botir Qobilov o‘zining yangi maqolasida Toshkent misolida mamlakatimiz shaharlari qanday qilib yashil shahar bog‘larini yo‘qotib borayotgani haqida yozadi va ularni imkon qadar qutqarish, tiklash va haqiqiy egalariga — odamlarga qaytarishga chaqiradi. O‘zbekiston bayrog‘ida yashil rang bor — u barokatli tabiatni aks ettiradi. Ammo biz daraxtlarni (ularni kesishga moratoriy e’lon qilinishiga qaramay), istirohat bog‘larini, ko‘llarni va yashil ekinlarni yo‘qotayotganimizga qarab, tabiatga hurmat ko‘rsatilmayapti va uning qadr-qimmatini anglash tushunchasi yo‘qolgan degan xulosaga kelish mumkin.
  • Ushbu maqola e’lon qilinishidan bir kun oldin «Gazeta.uz» o‘zining Telegram-kanalida so‘rov o‘tkazdi. Biz Toshkentda istiqomat qiluvchi o‘quvchilarimizdan birgina savolga javob berishlarini so‘radik: «Jazirama issiqdan dam olish uchun sizga shaharda yashil zonalar va bog‘lar yetarlimi?» Bir kundan kam vaqt ichida kanalning o‘zbek tilidagi versiyasida 30 mingga yaqin, rus tilidagi versiyasida esa 20 mingdan ziyod kishi ovoz berdi. 93% rus tilida va 90% o‘zbek tilida «Yetarli emas» javobini tanladilar.