Toshkent va boshqa bir qancha shaharlarda chang bo’ronning sababi nimada?

Toshkent va boshqa bir qancha shaharlarda chang bo’ronning sababi nimada?

09.11.2021 Off
Toshkent va boshqa bir qancha shaharlarda bugungi chang bo’ronning sababi Uraldan kelgan vaqtincha shamol emas. Aslo. Shamol Uraldan, Qizilqum cho’lidan, janubdan, yoki marsdan kelishining ahamiyati umuman yo’q. Qayerdan kelsa ham shahar ekosistemasi bularni o’z ichiga “yutib” yuborishi va shahar aholisi uchun tabiiy filtr ro’lini o’ynab berishi kerak edi.
Shuning uchun chang bo’ron ko’tarilishi va havo iflosligining eng asosiy sababi bu tabiat bilan o’ynashish, ekosistema muvozanatini buzishdir. Aslida geografik joylashuvimizning o’zi juda og’ir. Uning ustiga o’z qo’limiz bilan (imzo bilan, benzopila bilan, beton bilan) shaharlarimizni yashashga yaroqsiz holga keltiryapmiz.
Qandaydir bir tiyinga qimmat binolar va beton ustiga qurilgan ko’ngilochar joylar deb daraxtlarni ayovsiz kesyapmiz, ko’llarimizni qurityapmiz, bog’larimizni qirib tashlayapmiz. Hamma joyga beton quyilgan, ariqlar qurigan, daraxtlar o’lgan.
Shu kamliq qilganidekyana 6-8 polosalik yo’llar quryapmiz. Shuning uchun bugungi chang-bo’rondan, nimaga unday bo’layotganidan ba’zilar hayron bo’lishi taajubli. A nima, siz boshqa natijani kutganmidingiz?
Esingizdami, havo sifati bo’yicha O’zbekiston 180 mamlakat ichidan 177-chi o’rinda turadi. Bizdan keyin faqat Nepal, Hindiston, va Pokiston turadi. Toshkent esa dunyodagi havosi eng iflos shaharlardan biri ekanligichi?
Esingizdami, havoning ifloslanish darajasi yuqori bo’lgan joylarda COVID-19 kasalliklari ko’proq uchrashi to’g’risida dalillar bor.
Esingizdami, biz dunyodagi ekologik fojia markaziga aylanib borayotgan mamlakatmiz.
Xo’sh, endi nima qilamiz?
Matn muallifi :  @uzbekonomics
Foto mualliflari: Bella Sobirova, Gulnora Mansurova  va kun.uz